Rossiya prezidenti Vladimir Putin oylik maoshiga ustama haqi qo‘shdi.
Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, davlat rahbari va bosh vazir lavozimlari uchun to‘lanadigan maoshni 4,3 foizga oshirdi.
Qarorga muvofiq, mudofaa, favqulodda holatlar, ichki ishlar vazirlarining ham maoshlari ayni foizda oshirilgan. Putin o‘tgan yili o‘z lavozimidan qariyb 132 ming dollar ishlab topgani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil martida Putin prezident, bosh vazir va vazirliklar maoshini 10 foizga kamaytirgan edi. 1952 yilda tug‘ilgan Putin bugun 67 yoshga kirdi.