Yirik tadbirkor yoki siyosatchilarni tabriklashga otlanganlarni bir savol qiynaydi: hamma narsasi bor odamga nima sovg‘a qilish mumkin? Agar u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘lsa, yechim yanada qiyin bo‘ladi.
7 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin 66 yoshni qarshiladi. Putinga shu vaqtgacha tug‘ilgan kunida berilgan sovg‘alarning qisqagina ro‘yxatini tuzishga harakat qildik.
Ukraina yo‘lbarsi Masha.
O‘n yil oldin Putinning tug‘ilgan kunida Masha laqabli tirik yo‘lbars sovg‘a qilishgan. Masha prezident qarorgohida ikki yarim oy yashagan edi. Putin qabuliga rasmiy tashrif bilan kelganlar va jurnalistlarga yo‘lbars bolasi tanishtirilgan. U katta bo‘lgach, Gelenjikdagi safari-parkiga berilgan.
Kristal timsoh.
Putin 50 yoshni qarshilaganida Moldaviya sobiq prezidenti Vladimir Voronin ustiga “Timsoh — ortga qaytmaydigan yagona jonzod” deb yozilgan kristal timsoh sovg‘a qilgan edi.
Zafar qilichi.
Bahrayn podshohi, terrorizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya prezidentiga shom po‘latidan yasalib, qimmatbaho metallar va toshlar bilan bezatilgan – Zafar qilichini sovg‘a qilgan.
Zotdor itlar.
Putinga bir necha bor kuchuk sovg‘a qilishgan. U itlarni sevadi va har doim ularni qarindoshlari kabi yaxshi ko‘radi. Bolgariya Bosh vaziri ovcharka Baffini, Yaponiya Bosh vaziri Akita Inu zotidan Yume laqabli itni, Turkmaniston prezidenti alabay zotidan “Verniy”ni sovg‘a qilgan.
Eng yaxshi sovg‘a – kitob.
Vladimir Putinning 60 yillik yubileyida Bosh vazir Dmitriy Medvedev Sarskom Sele nomli Aleksandr Benoisning monografiyasini olib kelgan. Ammo, Putin qarzdor bo‘lib qolmadi, uning tug‘ilgan kunida Nikolay Vasilyevich tomonidan chizilgan “Sexda” kartinasini sovg‘a qildi.
Tango uchun bandeon.
Putinning do‘sti, Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirchner Putinga banteon bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi munosabatlarning ramzi.
Italiyaliklar sovg‘asi.
Ko‘pincha, Italiya bosh vazirlari Putinga trikotaj mahsulotlari sovg‘a qilishadi. Matteo Renzi unga mayda gulli, ko‘k rangli galstuk, Silvio Berluskoni esa qo‘lda tikilgan kashtali choyshab sovg‘a qilgan.
Manba: qalampir.com