Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Putin "Tramp uning kuchukchasi" ekanligi haqidagi gapga javob qaytardi

Putin "Tramp uning kuchukchasi" ekanligi haqidagi gapga javob qaytardi

AQShda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenning hozirgi davlat rahbari Donald Trampni "Putinning kuchugi" deb atagani Rossiyani "ko‘taradi". Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida AQShdagi saylovlar bo‘yicha debatlar haqida fikr bildirar ekan, aytib o‘tdi.

Putinga ko‘ra, bunday bayonotlar umuman Qo‘shma Shtatlardagi siyosiy madaniyat darajasi yoki uning umuman yo‘qligini isbotlaydi, ammo Rossiya bunga aralashmaydi.

Putinning ta’kidlashicha, bu butun vaziyat Rossiyaga tegishli emas, Tramp va Bayden bir-birlarini o‘zlari xohlaganicha tartibga solishlari kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda sodir bo‘layotgan barcha narsa – bu Amerikaning ichki muammolaridan kelib chiqqan siyosiy xarakterdagi ichki jarayonlar.

Kiritildi: 15:31 07.10.2020. O'qildi: 4642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!