Putin Ukrainada oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qilish uchun Stalin usullaridan foydalanmoqda. BILD harbiy tahlilchisi Yulian Ryopke Odessa viloyati janubidagi daryo portlariga bugungi hujumni shunday izohladi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozgan.
“Rossiya Ukrainaning oziq-ovqat infratuzilmasiga muntazam ravishda hujum qilishda davom etmoqda. Kecha u yana donni yo‘q qilishni maqsad qilib, mamlakat janubi-g‘arbidagi portga hujum qildi. Putin o‘zining mashhur “Qizil terror”i bilan Stalin izidan bormoqda”, — deb yozadi Ryopke.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyulga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Odessa viloyatiga navbatdagi zarbani berdi. Ukraina Qurolli kuchlarining “Janubiy” operativ qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Dunay port infratuzilmasi Shahed-136 kamikadze-dronlarining to‘rt soatlik hujumi nishoniga aylangan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari uchta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Zarbalar natijasida donli angar vayron bo‘lgan. Ishlab chiqarish binolaridan birida yong‘in sodir bo‘lgan.