Germaniya Poltavadagi hujumni qoraladi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiyaning Ukrainaning Poltava shahriga hujumini keskin qoraladi.
Rasmiylar buni Rossiyaning joriy yildagi eng halokatli zarbasi deb atadi.
«[Rossiya prezidenti Vladimir] Putin shafqatsizlikning chegarasini bilmaydi», dedi Baerbok 45 dan ortiq odam o‘lgan va 200 dan ortiq odam jarohat olgan hujum haqida.
«U javobgarlikka tortilishi kerak».