Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya davlati rahbari sayloviga nomzodlarni ko‘rsatish muddati aniqlangandan keyin 2024 yilga mo‘ljallangan rejalarini bayon qilishi mumkin.
Peskov Putinning bo‘lajak saylovlarda ishtirok etishi yoki qatnashmasligi haqida hozircha “hech qanday bayonot bermaganini” eslatdi. Bu qachon sodir bo‘lishi mumkinligi haqida so‘ralganda, u saylov sanalari va nomzodlarni ko‘rsatishni kutishni taklif qildi: “Saylov sanasi e’lon qilinganda, nomzodlarni ko‘rsatishning oxirgi muddati bo‘ladi – bu muddat shu, buni o‘zingiz ko‘rasiz.