Rossiyaning maqsadi rus xalqini birlashtirish, dedi Vladimir Putin «Rossiya-1» telekanali efirida.
“Aslida hamma narsa geosiyosiy raqiblarimizning Rossiyani, tarixiy Rossiyani parchalashga qaratilgan siyosati tufayli sodir bo‘lmoqda. “Parchala va hukmronlik qil” – ular doim shunday qilishgan va hozir ham shunday qilishga harakat qilmoqdalar”, — dedi Rossiya prezidenti.
Maxsus operasiyaning borishi haqida.
▫️Rossiya o‘z milliy manfaatlarini himoya qilgan holda to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilmoqda.
▫️Rossiya ushbu jarayonning barcha ishtirokchilari bilan muzokaralar olib borishga tayyor, lekin ular muzokara qilishdan bosh tortadi.
Ukrainadagi mojaroga odamlarning munosabati haqida.
▫️Rossiya fuqarolarining 99,9 foizi Vatan manfaatlari yo‘lida hamma narsani qo‘yishga tayyor.
▫️Rossiya alohida odamlar yashaydigan o‘ziga xos mamlakat.