Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubi yig‘ilishida ishtirok etdi, prezident videoaloqa orqali chiqish qildi. Joriy yil mavzusi — "Pandemiya saboqlari va yangi kun tartibi: jahon inqirozini qanday qilib dunyo uchun imkoniyatga aylantirish mumkin".
Davlat rahbarining muhim bayonotlari - RIA Novosti materialida.
O‘z chiqishida Putin ayrim davlatlardagi Rossiyaning holdan toyishiga umid qilinayotgani bo‘yicha fikr bildirdi.
"Davlatimizni mustahkamlab, dunyoda va boshqa davlatlarda nimalar ro‘y berayotganini ko‘rib, Rossiyaning sekin-asta so‘nishini kutayotganlarga shuni aytmoqchiman: bizni bu holatda bir narsa tashvishga solmoqda: dafn marosimingizda shamollab qolmasak go‘rgaydi".
Prezident Rossiya o‘zining aqliy, hududiy, iqtisodiy va harbiy imkoniyatlari va salohiyatini adekvat baholashini ta’kidlab o‘tdi.
COVID-19 haqida gapirar ekan, Putin koronavirus chekinmaganini, dunyo barcha sohalarda "tektonik siljishlar" bo‘sag‘asida turganini aytdi.