Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Putin Rossiyani maxsus bunkerda o‘tirib boshqaryaptimi?

A A A
Putin Rossiyani maxsus bunkerda o‘tirib boshqaryaptimi?

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Vladimir Putin bunkeri" masalasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda "Komsomolskaya Pravda".

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Putin singari faol davlat rahbari hech qanday bunkerda o‘tira olmaydi. "Bu mutlaqo bema’nilik", – dedi Peskov.

13 dekabr kuni Peskovning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi paytida Putin Novo-Ogarevodagi qarorgohida yashagan va ishlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari "ko‘pincha u yerda ishlaydi, u yerdan Kremlga keladi, u yerdan xohlaganicha emas, lekin baribir xizmat safarlariga uchadi".

U prezident mamlakatni bunkerdan boshqarayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Kiritildi: 16:44 18.12.2020. O'qildi: 3318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!