Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida Qozog‘iston hududida rus tili faol rivojlanayotganini aytdi.
"Bizda juda chuqur gumanitar aloqalar mavjud. Men Qozog‘iston rahbariyatidan rus tilini saqlab qolish va rivojlantirish uchun juda minnatdorman. Qozog‘iston to‘liq ma’noda rusiyzabon davlat", dedi u.
Putin, shuningdek, Qozog‘iston bilan Bayqo‘ng‘ir kosmodromida hamkorlikni davom ettirishga umid qilishini ta’kidladi.