Bugun 28 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Putin NATO davlatlari bilan muloqotga tayyorligini ma’lum qildi

Putin NATO davlatlari bilan muloqotga tayyorligini ma’lum qildi

Rossiya turli uyushmalar, jumladan, NATO bilan Yevrosiyoda xavfsizlik tizimini yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin xabar berdi.

Biz Yevrosiyoda teng va ajralmas xavfsizlikni ta’minlash masalalarni keng xalqaro muhokama qilishga tayyormiz: Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH, YevrAzES, BRIKS va boshqa xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa va NATO davlatlaridagi hamkasblarimiz bilan ham, — dedi Rossiya rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainadagi harbiy amaliyotlar davomida to‘plangan ilm-fan va tajribaga asoslangan holda takomillashishda davom etadi. Putin, shuningdek, Yevrosiyo mamlakatlari o‘z xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zlari belgilashi, faoliyat yurituvchi institutlar, mexanizmlar va kelishuvlar tizimini yaratishi zarurligiga ishonch bildirgan.

Evrosiyo mamlakatlarida yangi xavfsizlik tizimining muhim qismi sifatida Putin iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash, qashshoqlikka qarshi kurash, tengsizlikni bartaraf etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolar bilan bog‘liq masalalarni sanab o‘tgan.

Kiritildi: 23:12 21.06.2024. O'qildi: 1977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!