Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Kiyevdagi muzokaralarda London va Vashington agar Moskva o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishi va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishini aytdi.
Bu haqda "STRANA.ua" yozmoqda.
"Agar Putin tinchlik yo‘liga qaytmasa, biz javob beramiz. Prezident Tramp bilan birgalikda biz Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish uchun Ukraina mudofaa kuchlariga yordamimizni kuchaytiramiz," - deya Buyuk Britaniya bosh vazirining so‘zlarini keltiradi nashr.