Strategik Tu-160M qo‘nganidan so‘ng, Rossiya prezidenti uning kuchi va qulayligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti parvozdan yaxshi taassurot olgani, samolyotning o‘zi ham ishonchli ekanini aytdi.
«Uskunalar zo‘r, haqiqatan ham yangi avlod! U qurolli kuchlarga qabul qilinishi mumkin», - dedi Putin.
Prezident bir kun avval Tu-160M samolyotida osmonga ko‘tarilishga qaror qildi. Parvoz oldidan tayyorgarlik 45 daqiqa, parvozning o‘zi esa 30 daqiqa davom etdi.