
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefonda muloqot qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni munosabati bilan tabriklagan.
Shavkat Mirziyoyev Rossiyada o‘tgan jahon chempionati juda yaxshi tashkillashtirilganini ta’kidlagan.
Rossiya Prezidentining joriy yil kuzda O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari haqida suhbatlashgach, yetakchilar hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashgan.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 61 yoni qarshi oldi.