Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Sobchak haykali poyiga gul qo‘yish uchun 19 fevral kuni Sankt-Peterburgga borganida, shaharliklar bilan uchrashib, ularning savollariga javob berdi. Bu haqda RBK yozmoqda.

Bir ayol daromadi ozligidan shikoyat qilib, “Oyiga 10 800 rublga kun ko‘rish mumkinmi?”, deya so‘ragan.

«O‘ylashimcha, juda qiyin», — deya javob bergan Putin.

O‘z navbatida haligi ayol Putinning oyligi har holda juda yuqoridir, degan savoliga prezident mamlakatda eng yuqorisi emas, deya javob qaytargan.

O‘sha ayol, shuningdek, davlat tomonidan o‘rnatilgan «yashash uchun yetarli minimum»ga oziq-ovqat sotib olishning umuman imkoni bo‘lmayotgani, yolg‘iz onalar qiynalayotgani haqida arz-hol qilgan.

«Tushunaman. Shuning uchun ham biz hozir bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha butun boshli dasturni amalga oshiryapmiz. Katta dastur», — degan Vladimir Putin.

RBK hisob-kitoblariga ko‘ra, RF davlat rahbari oyiga 773,4 ming rubl maosh oladi, ya’ni haligi ayoldan 70 karra ko‘proq. Ammo undan ham yuqori maoshlilar bor...

Kiritildi: 09:12 20.02.2020. O'qildi: 4462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!