Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin kuch tuzilmalarining 15 nafar generalini ishdan bo‘shatdi

A A A
Putin kuch tuzilmalarining 15 nafar generalini ishdan bo‘shatdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV, FVV, Jazoni ijro etish federal xizmati va Tergov qo‘mitasining 15 nafar generalini lavozimidan ozod etdi, deb yozadi «RIA Novosti».

Tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy internet portalida chop etildi.

Lavozimidan ozod etilganlar orasida FVV Tomsk viloyati bosh boshqarmasi rahbari Mixail Begun, IIV Saratov viloyati bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Andrey Boyko, Jazoni ijro etish federal xizmatining Komi Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi rahbari Igor Vaneev, shuningdek, Tergov qo‘mitasi Janubiy harbiy okrug bo‘yicha harbiy tergov boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Vasilevlar bor.

Bundan tashqari, FVV Murmansk viloyati bosh boshqarmasi rahbari Vladimir Gusev, FVV Saxalin viloyati bosh boshqarmasi rahbari Denis Ilinov, Rossiya TQ Kemerovo viloyati tergov boshqarmasi rahbari Sergey Kalinkin ham lavozimidan ozod etilgan.

Davlat rahbari, shuningdek, FVV rahbari o‘rinbosari Vladlen Aksenovni ham lavozimidan ozod qildi.

Manba: daro.uz

Kiritildi: 23:21 28.08.2018. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik