Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ogohlantirishicha, dunyodagi “qaynoq” global mojaroga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu sivilizasiya tugashiga olib kelishi mumkin.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
"Qarama-qarshiliklarning yanada o‘sishi xavfi bor va bunday tendensiyalar deyarli barcha sohalarda o‘zini namoyon qilishi mumkin deb taxmin qilish uchun barcha asoslar mavjud", dedi Putin.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda ijobiy rivojlanish va "degradatsiyaning g‘amgin manzarasi"dan qochish umumiy vazifadir.