Rossiya prezidenti Vladimir Putin SHHT sammiti doirasidagi uchrashuvda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga ushbu mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Respublikada ta’lim rus tilida olib boriladigan to‘qqizta umumta’lim maktabi bor, qirg‘iz maktablarida Rossiyadan kelgan o‘qituvchilar dars berishadi, bu bizning zamonamizda juda muhim. Mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizga minnatdorlik bildirmoqchimiz, bu boshqa ko‘plab sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asosdir”, -dedi Putin.
U ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikda Rossiya Federasiyasining 70 ta viloyati ishtirok etayotganini eslatgan. Bundan tashqari, Putin Bishkekda Rossiya madaniyati kunlarini o‘tkazish va boshqa qo‘shma tadbirlarga e’tibor qaratgan.