Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin hamda Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi

A A A
Putin hamda Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Turkiya prezidenti SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, jumladan, energetika sohasida qo‘shma strategik loyihalarni ilgari surish niyati tasdiqlandi. Ukrainadagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tildi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaning Zaporojye AESga MAGATE missiyasini tashkil etishdagi konstruktiv rolini qayd etdi. Turkiya prezidenti vositachiligida 22 iyul kuni Istanbulda tuzilgan “g‘alla bo‘yicha kelishuv”ni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Avvalroq Kreml Turkiyaning Qrim bo‘yicha pozisiyasi Moskva va Anqara o‘rtasidagi hamkorlikka xalaqit bermasligini aytgan edi.

Kiritildi: 14:35 03.09.2022. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik