Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov bilan koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Telefon suhbati haqida Kreml saytida xabar berilgan.
Davlat rahbarlari, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikka e’tibor qaratib, ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tdilar va strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Suhbat davomida Vladimir Putin Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi: 29 iyun kuni u 64 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Rossiya Prezidenti hamkasbiga tabrik telegrammasini yuborgan.
"Sizning rahbarligingizda Turkmaniston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lida bormoqda, mintaqaviy va xalqaro ishlarda muhim konstruktiv rol o‘ynaydi", deyiladi tabrikda. Rossiya prezidenti, shuningdek, Turkmaniston rahbarining davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.