Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin general unvoniga ega emasmi?

A A A
Putin general unvoniga ega emasmi?

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vladimir Putin nima uchun hali general unvoniga ega emas, degan savolga javob berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari "shubhasiz bu unvonni ko‘p marotaba qo‘lga kiritgan" (hozir Putin polkovnik), ammo hozirda bu ustuvor vazifa emas.

"U prezident bo‘lib ishlaydi <...> U doimiy xizmatdagi zobit emas", - dedi Kreml vakili.

Uning ta’kidlashicha, Putin asosiy e’tiborni mamlakatning kundalik faoliyati bilan bog‘liq masalalarga qaratmoqda.

Jurnalistning Putin nafaqada yoki zaxirami? degan savolga Peskov aniq javob berishga qiynaldi. "Menimcha, u zaxirada", - deb javob berdi matbuot kotibi.

Peskovning o‘zi esa katta leytenant unvoniga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 17:53 19.02.2021. O'qildi: 2741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik