Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin: "G‘arbning kuni bityapti"

Putin: "G‘arbning kuni bityapti"

G‘arb yetakchiligi o‘z poyoniga yetayotgani hech kimga sir emas, bugungi kunda samarali xalqaro tashkilotni Hindiston va Xitoysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

"O‘ylaymanki, bugungi kunda hech kimga sir emas - prezident (Fransiya prezidenti Emmanuel) Makron ham yaqinda buni ta’kidladi, G‘arb yetakchiligi poyoniga yetmoqda", - deb bayonot qildi Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida.

Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, u bugungi kunda Hindiston va Xitoysiz faoliyat yuritayotgan samarali xalqaro tashkilotni xayoliga ham keltira olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum Vladivostokda 4-6 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi VEF (sharqiy iqtisodiy forum) bosh axborot hamkoridir.

 

Kiritildi: 17:08 05.09.2019. O'qildi: 11354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!