Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BRIKS sammitidagi bayonotlari bilan tanishing.
◾️ BRIKS mamlakatlari har qanday gegemonlik va mamlakatlarning tabaqalanishiga, shuningdek, neokolonializm siyosatiga qarshidir;
◾️ Qator G‘arb davlatlarining dunyoda o‘z gegemonligini saqlab qolish istagi sabab Ukrainada og‘ir inqiroz yuzaga keldi;
◾️ Rossiya Federasiyasining Ukrainadagi harakatlari faqat G‘arb tomonidan boshlangan qirg‘in urushini to‘xtatish istagi bilan bog‘liq;
◾️ Rossiya Federasiyasi Ukrainadagi mojaroni hal qilishga yordam berishga harakat qilayotgan BRIKSdagi hamkasblaridan minnatdor;
◾️ Rossiya Federasiyasi BRIKSning navbatdagi sammitini 2024 yil oktyabr oyida Qozon shahrida o‘tkazishni taklif qilmoqda, aniq sanalar kelishib olinadi.