Davlat rahbariga berilgan ushbu savolda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hazil bilan javob berdi: axir u Putinku, u uxlamaydi .
Rossiya prezidenti Vladimir Putin oxirgi kecha 5,5 - 6 soat uxlagani va bu uning uchun yetarli ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Bir makon - bir yo‘l forumi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlarga gapirgan.
- Olti soat. Uyquga ketaman, 5,5 - 6 soat uxlayman. Yetarli bo‘ladi. Uyg‘onaman, - degan prezident.
Avvalroq, Rossiya yetakchisining tig‘iz kun tartibi sabab qachon uyquga yotishi haqida berilgan savolga matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunday javob bergan edi: Axir u Putin. U uxlamaydi. U ishlaydi!
life.ru