Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Putin Avstriya tashqi ishlar vazirining to‘yi haqida: «Kuyov menga begona emas»

Putin Avstriya tashqi ishlar vazirining to‘yi haqida: «Kuyov menga begona emas»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl va biznesmen Volfgang Maylingerning to‘yi uchun Avstriyaga uyushtirgan safari yuzasidan jurnalistlarga izoh berdi, deb yozadi «daryo.uz».

Rossiya yetakchisi bu shaxsiy maqsaddagi safar bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi. U nikoh marosimida qatnashish sharafiga muyassar bo‘lgani uchun «avstriyalik do‘stlari»dan minnatdor ekanligini bildirdi.

Putinning qayd etishicha, kelin-kuyov — jamiyatda va davlatda jiddiy o‘ringa ega bo‘lgan, ammo shu bilan birgalikda, ochiqko‘ngil va quvnoq odamlar.

«Kuyov — menga begona odam emas, u sobiq sportchi, dzyudochi, bu esa doim birlashtiradi», — deya qo‘shib qo‘ydi prezident Maylinger haqida gapirayotib.

Putin Knaysl bilan ham, kansler bilan ham «ishlar» haqida qisqa gaplashib olishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

Kiritildi: 13:53 23.08.2018. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!