Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin AQSh va Yevropa ustidan g‘alaba qozondi — manba

A A A
Putin AQSh va Yevropa ustidan g‘alaba qozondi — manba

Rossiya prezidenti Vladimir Putin geosiyosiy jihatdan AQSh va Yevropa ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri xabar berdi.

Material mualliflarining fikricha, Rossiya prezidenti G‘arb dunyosining zaif tomonlarini ko‘rsatgan. Bryussel tashqi siyosat maydonida muhim rol o‘ynashni maqsad qilgan, ammo uning da’volari oqlanmagani ko‘rsatilgan.

Shuningdek, gazetaning yozishicha, Yevropa yetakchilari Moskvaga qarshi birlashgan front sifatida harakat qilishdan bosh tortgan, AQSh esa faqat jangovar ritorika bilan chegaralangan.

«Kiyev ittifoqchilarining u uchun ko‘p narsa qilolmasligini ko‘rdi», deyiladi maqolada.

Nashrning ta’kidlashicha, Rossiya g‘alaba qozondi, chunki Ukraina NATOga qabul qilinmasligi ehtimoli katta va «Shimoliy oqim 2» Yevropaga gaz yetkazib berishga tayyor.

So‘nggi oylarda G‘arbda va xususan Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga yaqinlashib kelayotgan «bosqin»i haqida bayonotlar yangramoqda. O‘z navbatida, Kreml bir necha bor hujum rejalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etgan va G‘arb ommaviy axborot vositalari va rasmiylarning hujumga tayyorgarlik ko‘rilgani haqidagi xabarlari asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 23:47 16.02.2022. O'qildi: 16900 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik