Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Kremlda madaniyat va sport arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi. Ular orasida Alisher Usmonov va uning turmush o‘rtog‘i Irina Viner-Usmonova ham bor.
Milliarder III darajali, uning turmush o‘rtog‘i, badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner esa II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Ulardan tashqari artist Inna Churikova va Aleksandr Zbruyev, qo‘shiqchi Lev Leshenko va murabbiy Oleg Znarok ham mukofotlandi.
Manba: qalampir.com