Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 26 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan kuchli zilzila munosabati bilan Albaniya prezidenti Ilir Metaga hamdardlik bildirdi.
Rossiya rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va do‘stlariga o‘z hamdardlik so‘zlarini izhor etdi. Shuningdek, u barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi. Bu haqda Kreml veb-saytida e’lon qilindi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan.