Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin 6 nafar generalni iste’foga ketkazdi

A A A
Putin 6 nafar generalni iste’foga ketkazdi

Putinning bu haqdagi farmoniga ko‘ra, o‘z lavozimidan Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Stepanov, Qrim ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Abisov, Kemerovo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Mamontov, Tergov qo‘mitasining xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Viktor Doljenko, Qrim favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Sergey Shaxov, ichki ishlar vazirligining moliya-iqtisod siyosati departamenti boshlig‘i Nadejda Romashova ozod qilinganlar.  

Avvalroq tergov qo‘mitasi “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in tufayli Kemerovo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Mamontovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Mamontov 2017-2018 yillarda savdo markazida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshiruvdan o‘tkazmagan. Bundan tashqari, u davlat g‘aznasidan 1,8 mln rubldan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Mamontovning o‘zi aybini tan olmayapti.

Kiritildi: 19:13 04.06.2018. O'qildi: 2007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik