Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Putin 4 ta mamlakat bilan Liviya bo‘yicha “jiddiy suhbat” o‘tkazmoqchi

Putin 4 ta mamlakat bilan Liviya bo‘yicha “jiddiy suhbat” o‘tkazmoqchi

Rossiya prezidenti 23 yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a’zosiga murojaat qilib, Liviyada davom etayotgan mojaroni muhokama qilish uchun 2020 yilda maxsus sammit o‘tkazishni taklif qildi.

Vladimir Putin Liviyadagi vaziyat va boshqa geosiyosiy muammolar bo‘yicha AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Fransiya bilan «jiddiy suhbat» qilishni istayotganini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Liviya mojarosini hal qilish yo‘lini topish uchun «har qanday mamlakatda, har qanday joyda» sammit o‘tkazilishidan xursand bo‘ladi.

“Oldimizda juda ko‘p vazifalar turibdi. Biz ulardan birini yaqinda Berlinda muhokama qildik. Bu Liviya mojarosidir. BMT Xavfsizlik Kengashida ushbu muammoga qaytishimiz va tegishli rezolyusiyani qabul qilishimiz kerak. Biz bu masalani bir nechta hamkasblarimiz bilan muhokama qildik va mening tushunimcha, Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zo mamlakatlarining rahbarlari bu uchrashuvni o‘tkazishga ijobiy munosabat bildirishdi», deydi Putin.

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 06:00 26.01.2020. O'qildi: 2988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!