Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Pullar chindan muhtoj oilalarga berilyaptimi? Bosh prokuratura vaziyatni nazoratga oldi

Pullar chindan muhtoj oilalarga berilyaptimi? Bosh prokuratura vaziyatni nazoratga oldi

Hozirda ayrim saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilandi hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborildi.

Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qa’tiy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish so‘raladi.

Murojaat uchun telefonlar:  

Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007

Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007

Jizzax viloyat prokuraturasi –  72 226-1007

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007

Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007

Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007

Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007

Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007

Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007

Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007

Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007

Farg‘ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007

Xorazm viloyat prokuraturasi –  62 226-1007


Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoladi.
 
Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!

Kiritildi: 16:15 01.08.2020. O'qildi: 3093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!