Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
? bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;
? dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;
? yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;
? qonuniy to‘lov vositasi ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;
? banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa;
? muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;
? banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;
? banknota geometrik o‘lchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa;
? banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
? o‘zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo‘qotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.