«Real» Madrid sardori Federiko Valverde faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Urugvaylik yarim himoyachining xizmatlariga «PSJ» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Markos Benito o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Parij klubi Valverde uchun 80-100 million yevro atrofida mablag‘ sarflashga tayyor. «PSJ» rahbariyati «Real» ichidagi so‘nggi mojarolar Federikoning Madridni tark etish qaroriga ijobiy ta’sir qilishidan umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Valverde «Real» mashg‘ulotlari vaqtida jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan mushtlashib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Parijliklar aynan shu keskin muhitdan foydalanib, futbolchini o‘z tomonlariga og‘dirib olmoqchi.