Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Propiskasiz shaxslar 1 iyulgacha uyini nomiga o‘tkazib olishi kerakmi?

Propiskasiz shaxslar 1 iyulgacha uyini nomiga o‘tkazib olishi kerakmi?

Odamlar orasida 1 iyulgacha propiskasiz fuqarolar o‘z uylarini nomlariga o‘tkazib olishmasa, 15% qo‘shimcha soliq to‘lasharmish, degan gap tarqaldi. Bu haqda TVda roliklar ham berilyapti, deyishmoqda, deb yozadi huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev.

"Bu mish-mish ham noto‘g‘ri. Ammo shunga yaqin boshqa gap bor, odamlar shuning uchun adashmoqda.

Avvalroq ham xabar berilgan edi, “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJ 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar bo‘yicha 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan. 1 iyuldan boshlab “O‘zshahar qurilish invest” ham QQS to‘lashni boshlaydi va uy narxlari 15%ga oshadi.

Ammo bu yerda gap faqat 2017-2019 yillarda DAVLAT DASTURI ASOSIDA qurilgan uylar haqida ketmoqda. Ya’ni kam ta’minlanganlar uchun, yoshlar uchun, turli soha vakillari uchun (o‘qituvchilar, adiblar, olimlar va h.k.), shuningdek qishloq joylarida DAVLAT tomonidan qurilgan YANGI uylar nazarda tutilgan.

Ikkilamchi bozordagi uylar yoki xususiy kompaniyalar tomonidan qurilgan uylarga 15% narx oshishining sira aloqasi yo‘q.

Avval aytilganidek, 2017-2019 yillardagi davlat dasturi asosida qurilgan uylarning egalari 1 iyulga qadar tezroq uylarni o‘z nomlariga o‘tkazib olishlari kerak. Yo‘qsa, yana qo‘shimcha to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi", deb yozadi huquqshunos.

Kiritildi: 13:32 29.05.2020. O'qildi: 2588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!