O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan propan importi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshirish holatlari bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, ayrim kompaniyalar:
➖ boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirgan;
➖ mahsulot hajmini birjaga chiqarmasdan sun’iy tanqislik yaratgan;
➖ to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.
📉 Ko‘rilgan choralar natijasida propan narxi 21% gacha arzonlashdi.
Jami 31 ta sub’ekt qonunbuzar deb topildi, shundan 12 tasi birjada muvofiqlashtirilgan (antiraqobat) harakatlar qilgan.
Qarorga ko‘ra, 28,9 mlrd so‘m miqdorida jarima qo‘llandi. 34,1 mlrd so‘m asossiz olingan mablag‘ davlat byudjetiga o‘tkaziladi.
⚖️ Qarordan norozi tomonlar apellyasiya yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.