Bugun, 7 fevral kuni, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlarida ko‘p yillar davomida halol va fidokorona xizmat qilgan faxriy xodimlarni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bosh prokuror faxriylarning qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi xizmat faoliyatini e’tirof etib, ularning kasbiy mahorati va boy hayotiy tajribasi yosh xodimlar uchun ibrat ekanini ta’kidladi.
Marosim yakunida faxriy xodimlarga minnatdorlik so‘zlari bildirilib, ularga sog‘liq-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va farovon hayot tilaklari izhor etildi.
Qayd etilishicha, bunday tadbirlar prokuratura tizimida xizmat qilgan xodimlarni e’zozlash, kasb nufuzini oshirish va avlodlar vorisiyligini mustahkamlashga xizmat qiladi.