Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Profilaktika inspektorining qotili qo‘lga olindi

Profilaktika inspektorining qotili qo‘lga olindi

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilgan erkak qo‘lga olingan. Bu haqda ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 30 yashar erkak chora ko‘rish uchun prosessual tartibda prokuratura organlariga topshirilgan.

Avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi 30 noyabr kuni soat 00:50 larda o‘ldirib ketilgani haqida xabar bergandik.

Tumandagi G‘alaba mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borgan katta leytenant N.Bobomurotov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida halok bo‘lgan. Dastlabki xabarda voqea joyidan yashiringan qotil muqaddam sudlangani ma’lum qilingandi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:40 30.11.2022. O'qildi: 4511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!