Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “Professional ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiya” loyihasi ishlab chiqildi.
Joriy yilning 7-sentyabr kuni mazkur loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar, xalqaro tashkilot vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
Bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, strategiya loyihasi takomillashtirilmoqda.