Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Professional bilimga ega bo‘lmagan xonandalar: Rayhona - filolog, Usmonova - yurist, Rahmatullayev – tarixchi

Professional bilimga ega bo‘lmagan xonandalar: Rayhona - filolog, Usmonova - yurist, Rahmatullayev – tarixchi

O‘zbekistonda aksariyat xonandalar professional bilimga ega emas. Ularning ko‘pchiligi faoliyatini havaskorlar sifatida boshlagan. O‘zbek shou-biznesi vakillari qaysi oliygohlarni bitirgan?

Ushbu ro‘yxat jurnalist Nargiza Murodova tomonidan tuzib chiqilgan, deya yozmoqda "Everyday.uz".

Rayhona:

Xonanda Jahon tillari universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. U ingliz tili filologiyasi fakultetida o‘qigan. Xonandalik karyerasini boshlagunga qadar fortepiano chalishni bilgan, xolos.

Nilufar Usmonova:

Nilufar "Vinehall School" (Angliya)da tahsil olgan. Keyinchalik "Sherborne International College"da o‘qishni davom ettirgan. 2006 yilda Toshkent yuridik universitetini tamomlagan. Yurist diplomini olgach, onasi kabi xonanda bo‘lishni maqsad qilgan.

Ulug‘bek Rahmatullayev:

Xonanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarix fakultetini tamomlagan.

Bahrom Nazarov:

Xonanda Toshkent temir yo‘llari institutida o‘qigan. Diplom olgach, faqatgina bir marta poyezd haydagan.

Shahzoda Muhammedova:

Aktrisa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakultetida tahsil olgan.

Shahzoda Matchonova:

Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universtitetini tamomlagan aktrisa xalqaro munosabatlar o‘rniga kinoni tanlagan.

Kiritildi: 04:00 16.01.2021. O'qildi: 4648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!