Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Prezidentlikka sobiq nomzod Babanov so‘roqqa chaqirtirildi

Prezidentlikka sobiq nomzod Babanov so‘roqqa chaqirtirildi

Yaqinda Qirg‘izistonga qaytgan Omurbek Babanov moliya polisiyasiga so‘roq uchun chaqirtirildi.  

Sputnik Qirg‘iziston yozishicha, u polisiyaga kelgan va “Qirg‘iziston” tijorat banki ishi bo‘yicha so‘roq qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Babanov 2017 yilda prezident saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygandi, biroq Sooronbay Jeenbekovga mag‘lub bo‘ldi.

Jeenbekov Babanovni korrupsiyada ayblab, ozodlikdan mahrum etishni va’da bergan. Tahdidlar ta’sir qildi: saylov natijalaridan so‘ng Babanov mamlakatni tark etadi. Unga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Babanov 9 avgust kuni Bishkekka qaytgandi.

 

Kiritildi: 18:55 19.08.2019. O'qildi: 2163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!