Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Prezidentlikka nomzod Litvada. Nega u yerga ketdi? 

Prezidentlikka nomzod Litvada. Nega u yerga ketdi? 

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya ozodlikda va u hozirda Litvada. Bu haqda Litva TIV rahbari Linas Linkyavichyus o‘zining "Twitter"dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Svetlana Tixanovskayaning shtabi 10 avgust kuni kechasi u Belarus Markaziy saylov komissiyasiga borganidan so‘ng yo‘qolib qolgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi. Kechga yaqin Tixanovskaya aloqaga chiqqan, biroq qayerda ekanligini oshkor etmagan.

Tixanovskayaning matbuot kotibi Anna Krasulinaning ma’lum qilishicha, u Markaziy saylov komissiyasiga tashrifidan so‘ng «qaror qabul qilgan» va mamlakatdan chiqib ketgan. Krasulina qanday qaror to‘g‘risida gap ketganiga izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9 avgust, yakshanba kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlangan. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifot nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.

Keyinroq Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi

Kiritildi: 16:05 11.08.2020. O'qildi: 3847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!