Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi

Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalari har yili tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun stipendiyaning ikki barobari miqdorida tayinlanadi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Endilikda tayanch doktorantura va doktorantura ta’lim shakllari Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilmaydi.

Shu bilan birgalikda, magistratura bosqichida Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan shaxslar doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga ta’lim olishadi.

 

 

 

Kiritildi: 22:13 21.08.2019. O'qildi: 1648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!