Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Jo‘shqin Gujarat 2019 IX xalqaro investisiya sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Narendra Modi tashabbusi bilan 2003 yildan buyon Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan Jo‘shqin Gujarat sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forumlardan biri hisoblanadi.

Hindiston farmasevtika sanoati markazi bo‘lgan Gujaratda dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalar faoliyat yuritadi. Sammit doirasida ular bilan mamlakatimiz kompaniyalari va hududlari o‘rtasida savdo va biznesni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 15:23 17.01.2019. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!