Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 1 iyuldan qabul boshlanadi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga  1 iyuldan qabul boshlanadi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul boshlanishi haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1 IYULdan-20 IYULga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;

• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);

• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Mazkur maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinf, Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinf uchun qabul bo‘ladi.

Kiritildi: 22:44 27.06.2022. O'qildi: 2916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!