Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Prezident kuyovining jiyani milisionerni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda

A A A
Prezident kuyovining jiyani milisionerni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda

Tojikiston IIV xodimlari mamlakat sobiq energiya vaziri Dilovar Gulovning o‘g‘lini hibsga oldi. Sobiq mansabdorning o‘g‘li milisionerni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda «SNG» xabar berdi.

Ichki ishlar idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, yigit 8 iyul kuni kechqurun Dushanbe shahrida milisionerni do‘pposlagan, keyin esa qochib ketgan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Kichik Gulov huquqni muhofaza qilish idorlariga yaxshi tanish hisoblanadi. Uch yil avval u oynasi qoraytirilgan mashinani boshqargani uchun jarimaga tortilgan. 2018 yilning mart oyida esa bezorilik uchun javobgarlikka tortilgan.

Dilovar Gulovning akasi Ashraf Tojikiston prezidentining kuyovi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:29 11.07.2018. O'qildi: 2390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik