Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Prezident: "Koronavirus ichadigan va chekadiganlarga saboq bo‘ladi"

Prezident: "Koronavirus ichadigan va chekadiganlarga saboq bo‘ladi"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus epidemiyasini giyohvandlar uchun yaxshi dars deb atadi. Bu haqda 16 aprel, payshanba kuni BelTA xabar bermoqda.

"Giyohvandlar va chekuvchilar uchun bu yaxshi dars. Biz buni og‘ir pnevmoniya holatida ko‘rmoqdamiz. Pnevmoniyaga chalinganlarning ahvoli koronavirus yuqtirganda og‘irlashadi. Ushbu pandemiyadan keyin hayotingizni qanday tashkil etish haqida o‘ylab ko‘rasiz", dedi Lukashenko.

Lukashenko bir necha bor koronavirus atrofidagi vaziyatni psixoz deb atagan. Shuningdek, u epidemiya tarqalishiga qarshi karantin choralarini joriy etishdan bosh tortdi va Belorusda birorta ham odam "faqat koronavirus"dan o‘lmaganiga ishontirdi.

Kiritildi: 16:46 16.04.2020. O'qildi: 4768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!