Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident gapirayotganida uning ortida turgan harbiy ayol hushidan ketib qoldi (video)

Prezident gapirayotganida uning ortida turgan harbiy ayol hushidan ketib qoldi (video)

Ukraina qurolli kuchlarining harbiy xizmatchisi mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoning chiqishi vaqtida hushini yo‘qotdi. Ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgan video YouTube tarmog‘ida joylashtirildi, deb yozadi Daryo .

Ayol harbiy xizmatchi Poroshenko armiyaga yetkazib berilgan qurollanishdagi yangi tizimlar haqida gapirayotganida o‘zini yomon his qila boshlangan. Prezident harbiy xizmatchilarga hushini yo‘qotgan ayolni chetroqqa olib chiqishga yordam ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng, Ukraina rahbari askarlarga qarata rus tilida safni to‘ldirish ni buyurgan. Noxush hodisani esa shunaqasi ham bo‘lib turadi deya izohladi.

Poroshenkoning 2018 yildagi nutqi vaqtida ham birdaniga ikki nafar harbiy xizmatchi hushidan ketib qolgan edi.

Kiritildi: 12:46 07.05.2019. O'qildi: 3266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!