Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Prezident farmoniga ko‘ra kimlarga bepul un tarqatilishi ma’lum bo‘ldi

Prezident farmoniga ko‘ra kimlarga bepul un tarqatilishi ma’lum bo‘ldi

«Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, quyidagi quyidagi oilalarga bepul un tarqatiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari:

- “Temir daftar”ga kiritilgan hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini shakllantirsin hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatsin;

- ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatishni yoki naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib borishni ta’minlasin.

Kiritildi: 23:39 25.05.2022. O'qildi: 5497 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!