Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Prezident Erdog‘an: Isroilni to‘xtatish kerak

 Prezident Erdog‘an: Isroilni to‘xtatish kerak

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan Isroilning Eronga hujumi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatning markaziy mavzusi Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi, shuningdek, mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari bo‘ldi.

Suhbat chog‘ida Turkiya rahbari Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi Isroil hukumati mintaqa barqarorligi va xavfsizligiga asosiy tahdid ekanini yana bir bor isbotlaganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Eronga hujumi mas’uliyasiz xatti-harakatlarning yana bir namunasidir va vaziyat keskinlikni pasaytirish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qiladi. Turkiya prezidenti ta’kidlaganidek: "Tanglikni kamaytirish uchun Isroilni to‘xtatish kerak".

Erdog‘an, shuningdek, xalqaro hamjamiyat Falastindagi ishg‘ol va genosidga nisbatan jimgina munosabat bildirishlari bilan aslida Isroilning jazosiz qolishi va tajovuzini rag‘batlantirayotganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh va Eron yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytda Isroilning Eronga hujumi tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga putur yetkazishdir.

Prezidentning ta’kidlashicha, radiasiya sizib chiqishiga sabab bo‘lgan hujumlar Isroilning o‘z maqsadlari uchun ham mintaqaviy, ham global xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yishga tayyorligini yana bir bor namoyish etdi.

Muhammad bin Salmon bilan suhbatda Erdo‘g‘an mintaqa inqirozning yangi to‘lqinini ko‘tara olmasligini ta’kidladi. U halokatli urush mintaqadagi barcha mamlakatlarga nazorasiz migrasiyaning katta to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy bahsni faqat muzokaralar davom ettirish orqali hal qilish mumkin.

Kiritildi: 21:18 14.06.2025. O'qildi: 1527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!