Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Prezident devonida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi

A A A
Prezident devonida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi

Bugun, 27 avgust kuni prezident devoni tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. “Qalampir.uz” manbasi xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hattoki, Prezident Matbuot xizmati va boshqa OAV ham ishtirok etmagan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, prezident devoni prezident ma’muriyati etib qayta tashkil etilgan. Uning faoliyatini ma’muriyat rahbari muvofiqlashtirib borishi belgilangan. Bu lavozimga prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Zaynobliddin Nizomiddinov tayinlangan.
 
Bundan tashqari, Ishlar boshqarmasi ham tugatilgan, uning o‘rniga yangi boshqarma tuzilgan.
 
Davlat maslahatchilari o‘rniga prezident maslahatchilari bo‘lishi ta’kidlangan. Sobiq davlat maslahatchilaridan Qahramon Quronboyev lavozimdan olinib, Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan. U prezident devonida Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbari hisoblanadi.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 20:24 27.08.2018. O'qildi: 2168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik